Familiya, ism, sharif: 

Abdumalikova Saidabonu  Xayrulla qizi

Tug`ilgan joyingiz:

 Toshkent viloyati, Angren shahri

Qaysi o`rta ta`lim maktabi / kasb-hunar maktabini tamomlagansiz?

Angren shahridagi 4-sonli IDUM (Ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabi) 

Ta`lim olayotgan yo'nalishingiz:

 Xorijiy til va adabiyoti, 2-kurs

Angren universitetini nima uchun tanladingiz?

Birinchi navbatda insonlarni qulaylik o'ziga jalb qilganidek, Angren universitetining yashash hududimda va uyimga yaqin joylashgani ushbu universitetga topshirishimning asosiy sabablaridan biri bo'ldi, keyinchalik ham bu universitetni tanlaganimdan umuman afsuslanmadim. Universitet jamiyat uchun eng kerakli 8 ta yo'nalishlarga ega va biz ta'lim olishimiz uchun barcha sharoitlar yetarli. Shuningdek, Angren universitetida men haqiqiy ta'lim sifatini, chin do'stlarimni topdim.

O`zingiz haqingizda yozing

O'zimni juda qiziquvchan inson deya ayta olaman. Asosiy qiziqishlarim kitob o'qish, videotahrir, xorijiy tillarni o'rganish, yangi qiziqarli loyihalar tashkil etish, mantiqiy savol-javoblar, shaxmat, sayohat qilish va boshqalar.

 Hozirgi kungacha erishgan yutuqlarim unchalik ko'p deb ayta olmayman, ammo yanada ko'proq yutuqlarga erishish uchun doimiy harakatdaman. Yutuqlarimdan ba'zilari: 

‐ 2022: ICT4GIRLS camp ishtirokchisi; 

- 2022: Maktabni a'lo baholarga tugatganligi uchun "Oltin medal"; 

- 2022: Toshkent Davlat O'zbek Tili va Adabiyoti Universitetiga 169.7 ball bilan grant; 

- 2022: "Shine" qizlar akademiyasi bitiruvchisi; 

-2023: "Kelajak: Ilmli qizlar hamjamiyati" ta'lim-almashinuv dasturi bitiruvchisi; 

-2023: "Stipendiatlik" kursi bitiruvchisi; 

-2023: "Leader ladies" kursi bitiruvchisi;

-2023: TEFL sertifikati sohibasi; 

-2023: Bir nechta xalqaro tashkilotlar elchisi;

-2023: Bir nechta xalqaro vebinarlar spikeri; 

-2023: Yo'nalishi bo'yicha bir nechta maqolalar muallifi va xalqaro antologiyalar ishtirokchisi; 

-2023: "Zakovat" intellektual o'yinining universitet bo'yicha g'olib "Bakalavr" jamoasi sardori; 

-2023-yil 3-oktabrdan Angren universiteti Yoshlar ittifoqi Intellektual loyihalar koordinatori