Familiya, ism, sharif :

Ibragimova Nazira Nazmiddinovna

Tug`ilgan joyingiz: 

Toshkent viloyati, Angren shahri

Qaysi o`rta ta`lim maktabi / kasb-hunar maktabini tamomlagansiz?: 

Angren politexnika kasb-hunar kolleji 

Ta`lim olayotgan yo'nalishingiz: 

Milliy g'oya va ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi (sirtqi), 1-kurs

Angren universitetini nima uchun tanladingiz?:  

Universitetni tanlashdan maqsadim birinchidan oliy o'quv bilim yurti, ikkinchidan o'qituvchilar juda yuqori malakali o'qituvchilar, uchinchidan yaxshi kasb egasi bo'lishim kerak, dars o'tish jarayonlari yuqori darajada, o'qishimizga talab kuchli, darslar tushunarli darajada o'tiladi, Angrenda Oliy ta'lim muassassalari yopilib ketgandi, bu universitetni ochilishi bizga juda ham xursandchilik uyg'otgan yangilik bo'ldi, o'zim shu universitetga topshirib bir oy sirtqi shaklda o'qidim.  O'qish jarayoni juda ham yoqdi , ayniqsa kursdoshlar bilan fikr almashishlar , xursandchiliklar, talabalik oltin davr ekanligini bir muddat bo'lsa ham his qilishga muvaffaq bo'ldim.

O`zingiz haqingizda yozing: 

Yutuqlarim mashina haydashga guvohnoman bor,sartaroshlik sertifikatim,pazandachilik sertifikatlarim bor, maqsadim, ko'proq o'qib karyera qilish, mashina haydash, ichki ishlar formasini kiyib unga hurmat ko'rsatib bu kasbni yuqori cho'qqilarga ko'tarish, undan tashqari kitob o'qishga, til o'rganishga qiziqaman, har qanday to'garaklarda qatnashib ko'proq hunar o'rganishni boshlaganman.

Kelajakda qaysi kasbni egallamoqchisiz? Va bu bo'yicha qanday maqsadlaringiz bor?:

Ichki ishlar xodimi bo'lishni xohlayman, maqsadim yurtimiz tinchligi uchun o'z xissamni qo'shish,  kelajak avlodlarga vattanni sevish, yurt tinchligi uchun xissasini qo'shishi,  va tanlagan kasbini sevishini yoritib, ularda vatanga bo'lgan mehr to'yg'usini shakllantirish.

Universitetga topshirmoqchi bo'lgan talabalarga qanday maslahat(lar) bergan bo`lardingiz?: 

Maslahatim - kelajak avlod o'z vaqtini behuda ketgazmasdan, bor imkoniyatdan foydalanishsin. Angrenda ochilgan birinchi va o'z o'rnida yagona bo'lgan universitetda bilimni qant bilan emas, qunt bilan o'rgansin. Angren universiteti xususiy universitet bo'lgani uchun yaratilib berayotgan sharoitlar xozirga talablarga mos darajada yaratilgan. Qayerda o'qishni o'ylab, bir qarorga kela olmayotganlar yoshlarga beradigan eng qimmatli maslahatim bu - Angren Universitetini eshigi talaba bo'lishni xohlaydigan barcha uchun har doim ochiq! Keling, ko'ring, afsuslanmaysiz!