Familiya, ism, sharif: 

Xudoyberdiyev Abduvosid Abdusalomovich

Tug`ilgan joyingiz:

 Toshkent viloyati, Angren shahri

Qaysi o`rta ta`lim maktabi / kasb-hunar maktabini tamomlagansiz?

 17-umumiy o'rta ta'lim maktabi

Ta`lim olayotgan yo'nalishingiz:

 Xorijiy til va adabiyoti, 2-kurs

Angren universitetini nima uchun tanladingiz?:  

Albatta barcha ota onalar o`z farzandlarini ko`z ungilarida ta`lim olishini, undan doimiy xabardor bo`lishini xohlashadi. Bir tomondan shaxsan o`zim uchun ham ko`plab imkoniyatlarni taqdim etadi, to`gri universitetga kirishdan oldin bu meni xalqaro maydonga chiqishimni cheklab qo'ymaydimi deb, lekin quvonish kerak hozirgi kunda Angren universitetida olib borilayotgan tadqiqotlar o`z samarasini bermoqda, albatta ushbu universitetda o`qib ko`plab imkoniyat va qulaylikga erishish mumkin, bundan tashqari boshqa hududlardan kelib Angren universitetida o`qishni maqsad qilganlar uchun ham juda manfaatli tanlov. Chunki Angren shahrimiz qulay iqlim sharoitiga ega. Shuning uchun barcha talabalarga yashash uchun ham yaxshi imkoniyat. Universitetdagi hayotim juda qiziqarli, chunki menda yaxshi jamoam bor, men o`z guruh a`zolarim bilan faxrlanaman, albatta ko`plab yaxshi natijalarga erishish uchun guruh a'zolarining bir biriga bo`lgan hurmati, ishonchi muhim rol o`ynaydi, shu kungacha kursdoshlarimiz bilan ko`plab tanlovlarda birgalikda qatnashib yaxshi natijalarga erishdik. Va bizning maqsadimiz universitetda eng yaxshi guruh bo`lish. Albatta guruhning yutuqlariga guruh sardorining hissasi katta. Biz guruh sardorimizni to'g`ri tanlaganmiz, bundan tashqari bizni guruhda barcha bir qobiliyatm bilim va ko`nikmaga ega, va bu bir birimiz bilan ma`lumotlar almashinuvi imkoniyatini beradi. Bizni bilim salohiyatimizni yanada oshirishga bizning sevimli o`qituvchilarimiz Zokirova Xulkar, Jabborov Ilyos va boshqa o`qituvchilarimizdan bizga xohlagan darajada ta`lim berayotganliklari uchun o`z tashakkurimni bayon etaman, undan tashqari universitetga kirishimdan oldin ham ko`plab kitoblar o`qirdim, lekin detektiv asarlar topish imkoni qiyin edi, universitetga kirishdan so`ng Angren universitetining rektori Komil Oydinovich Sindarov detektiv asarlar yozuvchisi ekanliklaridan xabardor bo`ldim, hozirgi kunda kitobxonlar safini oshirish uchun harakat qilayotgan Angren universiteti kutubxonasi menga ushbu kitoblarni o`qish imkoniyatini taqdim etishdi, kutubxonamiz xodimlariga yaxshi munosabat va talabarni chiroyli tabassum bilan kutib olib kuzatib quyishlari uchun alohida minnatdorchilik bildiraman, hamda Komil Sindarovning detektiv asarlarini o`qishni boshladim, hozirgi kunga qadar O`girlangan bolalik, Qadr kechasidagi qotillik, Kechikkan qasos, Qimmatga tushgan xato detektiv asarlarini o`qib yaxshi taassurotga ega bo`ldim. Men uchun sovg`a sifatida yozuvchining barcha detektiv asarlarini shaxsiy kutubxonamni boyitish uchun sovg`a qilishlarini xohlagan  bo`lar edim:) 

O`zingiz haqingizda yozing:

Erishgan yutuqlarim:

2019-yil "Huquq bilimdonlari" shahar bosqichi 2-o`rin

2020-yil Yosh kitobxon hudud bosqichi 3-o`rin

2020-yil "Vatanparvar" harbiy musobaqasi viloyat bosqichi 1-o`rin

2022-yil  informatika fanidan "The best fast typer" musobaqasi g`olibi

2022-yil International Digital university-IT yo`nalishiga 104 ball bilan, 

2022-yil O`zbekiston milliy universiteti Jizzax filiali Filologiya va tillarni o`qitish ingliz tili -148 ball bilan

2022-yil Amity university-IT yo`nalishi 

2022-yil CEFR multilavel B2, 

2023-yil Angren universiteti Xorijiy til va adabiyoti yo`nalishi

2023-yil Zakovat intelektual o`yini "Bakalavr" jamoasi bilan 1-o`rin

2023-yil Book readers Everest jamoasi bilan 1-o`rin

2023-yil Hokim kubogi "Zakovat intelektual o`yini" Bakalavr jamoasi bilan 1-o`rin

Qiziqishlarim: kompyuter dizayni va grafikasida ishlash, detektiv kitoblar mutolaasi 

Kelajakda qaysi kasbni egallamoqchisiz? Va bu bo'yicha qanday maqsadlaringiz bor?

Tashqi ishlar vazirligi xodimi, albatta yaqin kelajakda ingliz, arab, turk, koreys va yapon tillarini yaxshi o`zlashtirib, kelajakda tarjimon sifatida ishlashni xohlardim, shuningdek doimiy tashqi ishlar vazirligi ro`yxatida bo`lishni, yurtimizga tashrif buyurgan turistlarga tarjimon sifatida yordam berishni xohlayman. 

Universitetga topshirmoqchi bo'lgan talabalarga qanday maslahat(lar) bergan bo`lardingiz?: 

O`zingiz ishongan sohaga va ushbu yo`nalishda yetarli bilimga ega bo`lsangizgina biron yo`nalishni tanlang, Albatta matematikani umuman bilmagan kishi iqtisod yo`nalishiga qabul qilingan bilan universitetda ta`lim olish jarayonida ko`p qiyinchiliklarga va o`zi bilan birgalikda ta`lim oliyotganlarni manfiy tomonga jalb etmaslikka va guruhni orqaga tortmasligi lozim. Barchasi talabani o`ziga bog`liq - universitet uni shakllantirib beradi.