9-aprel Sohibqiron Amir Temur tavvallud topgan kun
• Amir Temur Kesh (Shahrisabz) yaqinidagi Xo’ja Ilg’or (Yakkabog’) qishlog’ida tavallud topgan.
• Amir Temur O’rta, Janubiy va G’arbiy Osiyo, shuningdek, Kavkaz, Povoljya va Rus taxirixida muhim o’rin tutgan O’rta Osiyolik turkiy hukmdor, sarkarda va zobit.
• Buyuk sarkardaning hukmronligi 35 yil davom etgan (1370-1405).
• Buyuk sarkarda, davlat arbobi va adolatli hukmdor Amir Temur Xitoyga yurishi vaqtida O’tror shahrida vafot etgan.
SOHIBQIRON HIKMATLARI:
Ulamo bilan suhbatda bo‘ldim va pok niyatli, toza qalbli kishilarga talpindim. Ularning himmatlaridan ulush tilanib, muborak nafaslari bilan duo-fotiha berishlarini o‘tindim. Darvesh, faqir va miskinlarni o‘zimga yaqin tutdim, ularning ko‘ngillarini og‘ritmadim va hech bir talablarini rad etmadim. Buzuqiy va og‘zi shaloq g‘iybatchi odamlarga majlisimga yo‘latmadim, so‘zlariga amal qilmadim. Biror kimsaga tuhmat-u g‘iybat qilsalar quloq solmadim.
Piru komil shayx Bahovuddin Naqshbandiyning: “Kam yegin, kam uxlа, kam gapir” degan pandu nasihatlariga amal qildim. Arkonu davlatga, barcha mulozimlarga ham aytar so‘zim shu bo‘ldi: “Kam yenglar — ocharchilik ko‘rmasdan boy-badavlat yashaysizlar, kam uxlanglar — mukammallikka erishasizlar, kam gapiringlar — dono bo‘lasizlar”.
Aziz avliyo, sahobalar maqbaralarini, qutlug‘ qadamjolarni ziyorat etmoqni ham farz, ham qarz bilur edim. Qayda bo‘lmay, ziyoratgohlar oldida otdan tushib, tahorat olgach, yalang oyoq bilan borib, ziyoratni o‘rinlatdim. Arkonu davlat, barcha mulozimlarim ham ziyoratgohlarni ana shunday tavof etmoqni odat bilishdi.