Angren hayoti

Angren shahri Ohangaron daryosining chap qirgʻogʻidagi ikki togʻ tepaligi orasida joylashgan. Angren va Toshkentni taxminan 78 kilometr ajratib turadi. Angren koʻmir sanoatining markazi hisoblanadi. Bu yerda qoʻngʻir koʻmir va gaz qazib olish faol yoʻlga qoʻyilgan, qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalar, kulolchilik zavodi va boshqa zavodlar ishlab turibdi.Shundan bilish mumkinki Angren - zavodlar shahri ekani darhol seziladi. Angren nafaqat Toshkent viloyatida aholi soni boʻyicha poytaxtdan keyingi ikkinchi shahar, balki sunʼiy yoʻldosh shaharlar: Dukent, Yangiobod, Krasnogorsk, Suyuqlik-Rospar zavodi bilan deyarli birlashgan mustaqil sayyora tizimidir. Markaziy Osiyodagi eng yirik koʻmir koni shu yerda joylashgan boʻlib, turli manbalarga koʻra – koʻrsatkichlar oʻzgarib turadi – Oʻzbekiston koʻmirining 92 dan 99 foizigacha qazib olinadi; Bu yerda qudratli elektr stansiyalari, qator korxonalar bor.

Hozirgi vaqtda Angren shahri ko'p millatli va uning aholisi o'z shahri bilan faxrlanadi. Aholi soni bo'yicha 2021 yilgi aholini ro'yxatga olish ma'lumotlariga ko'ra 200 322 kishini tashkil etadi. Bu yerda: tatarlar va tojiklar; ruslar va o'zbeklar-kuraminlar; qozoqlar va koreyslar; belaruslar va ukrainlar; ermonlar va boshqorlar yashaydilar. Ozarbayjonlar bilan bir qatorda Dag'iston xalqlarining vakillari ham uchraydi. O'tgan asrda, 90-yillardan boshlab, deyarli barcha nemislar, shuningdek, Qrim tatarlari tarixiy vatanlariga qaytishdi. Lekin bunga qaramay  shahar aholisi tobora ortib boriyapti va rivojlaniyapti. Bu esa,shaharga bo'lgan  investitsiyalarning oshishi va yangi ish o'rinlarining yaratilishiga turtki bo'lmoqda. 

Angren shahrida birdek ham ta'rixiy, ham zamonaviy bino va inshootlarni uchratish mumkin. Shahar sayyohlarga faqatgina o'zining binolaridan bahra beribgina qolmay, shaharning tog'lar bilan yaqin bo'lgani uning havosi va atmosferasi toza bo'lishini ta'minlab beradi. Shaharning iqlimi o'lkaning boshqa shaharlariga nisbatan iliq bo'lgani bu yerda dam olishni xohlagan odamga manzur bo'ladi. Bu yerda tog'larga chiqib sayohat qilish yoki soylarning suvining tozaligidan bahra olish, bundan tashqari har xil turdagi yovvoyi hayvonot olamining namoyandalarini uchratish mumkin. Birgina Yangiobod dam olish maskani Respublikada yagona hisoblanadi. Bu yerga turli-tumandan sayyoh va mehmonlar kelib, ma'daniy hordiq olib, uning tabiatidan manzur bo'lib ketishadi. Sayyohlarning qulayligini o'ylagan holda "Shohdiyor" hamda "Art Hotel Angren" mehmonxonalari to'liq qurib bitkazilib, fa'oliyatlarini olib bormoqdalar.  Agarda siz O'zbekistonning ta'rixi va madaniyatini ko'rmoqchi bo'lsangiz, albatta Angren shahriga sayohat qiling. 


Angren shahri demografik va iqtisodiy jihattan O'zbekistonning muhim zonalaridan hisoblanadi. Bu yerdan davlat ahamiyatiga ega, O'rta Osiyo shaharlarini bir-biriga bog'lovchi  A-373 trassasi o'tgan. Har kuni bu trassadan 100 mingdan ortiq avtotransportlar o'tadi. Yana, Angrenda o'zining zamonaviy standartlar asosida qurilgan temir yo'l vokzali bo'lib, bu yerdan Samarqand-Toshkent-Pop yo'nalishda harakatlanuvchi Afrosiyob tez-yurar poezdi aholining tez fursatda boshqa shaharlarga yetib borishlarini ta'minlaydi. Sayyohlar va Qamchiq dovonini yaqindan ko'rishni xohlovchilar uchun Angren temir yo'l vokzalidan "Qamchiq" stansiyasigacha borib, manzaralardan va o'sha yerdagi lazzatli taomlardan bahramand bo'lishlari mumkin.  

Ta'lim sohasiga Angren shahrida alohida e'tibor qaratilayotgan bo'lib, hozirda shaharda maktabgacha ta'lim beruvchi muassasalar, ixtisoslashtirilgan maktablar, kollej va akademik litsey, yagona bo'lgan oliy ta'lim muassasasi - Angren universiteti fa'oliyat olib bormoqdalar. Angren universiteti yosh ochilgan ta'lim muassasasi bo'lishiga qaramay, hozirgi vaqtda 5 mingdan ortiq talabalarni o'z bag'riga olgan. Bu yerda talabalar davolash ishi, iqtisodiyot va xorijiy tillar sohasini o'rganib, o'z sohalarining mutaxasislariga aylanishlari mumkin. Yaqin orada universitet bakalavr ta'lim turidan tashqari, magistratura bosqichini ham tatbiq etmoqchi. 

Shaharda suzish va boks bo'yicha markazlar ochilgan bo'lib, jumladan "Boks federatsiyasi markazi", hamda suzish bo'yicha "Delfin" markazlari qurilgan. Bu markazlarda olimpiada o'tqazish yoki mashg'ulotlar o'tash uchun turli-tumanlardan sportchilar keladi. Ichi va xalqaro sport olimpiadalarining Angrenda o'tqazilishi shaharning turizm sohasini rivojlanishiga o'z hissasini qo'shmoqda. 

Angren - bu uyg'un va mehribon shahar. Uning odamlari esa mehmondo'st va xushcahqchaq xalqdir. Bu shahar, har kun ertalabdan katta shahar ovozi, odamlarning gavjumligi, shoshishni istamaydigan odam uchun eng qulay shahardir. Bu shahar - yashashni, yaratishni va mukammallikka erishmoqchi bo'lganlar uchundir. Har bir ko'cha va uy bu joyning barcha sirlari va afsonalari bilan hayratlanarli hikoyasini aytib beradi. Angrenda bo'layotgan ko'plab voqealar haqida tasavvurga ega bo'lish uchun esa, ba'zi ko'chalar bo'ylab yurish kifoya. Angrenga - tug'ilish, yashash yoki shunchaki tashrif buyurish baxtiga sazovor bo'lgan har qanday odamning qalbida abadiy qoladigan ajoyib shahar.