Rektor Tabrigi

REKTOR TABRIGI

Qadrli talabalarimiz, aziz yoshlar!

Sir emaski har qanday jamiyatning istiqboli, kelajagi yoshlar qo’lida. Bugungi kunda yurtimizda yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar davrida har tomonlama namuna bo’ladigan Sizdek faol, ilmga chanqoq, mehnatkash yoshlarimiz bilan cheksiz faxrlanamiz. Sizlarning ilm-fan, sport, san’at qo’yingki barcha sohalardagi yutuqlaringiz qalbimizda cheksiz iftixor tuyg’usini uyg’otadi. “Angren Universiteti bilan kelajak kasblari sari” maqsadlarimiz doirasida ko’plab yoshlarni tanlagan sohalari bo’yicha yetuk mutaxassis bo’lishlari bilan birga, ularni noyob iqtidor va qobiliyatlarini namoyon qilishlari hamda rivojlantirishlariga keng imkoniyatlar yaratish asosiy vazifamiz hisoblanadi.  Muhtaram prezidentimiz tomonlaridan ilgari surilgan besh tashabbus Sizlarning shijoatingiz bilan bu boradagi ishlarnimizni yana bir yangi bosqichga olib chiqadi. Ishonamizki, bor kuch g’ayratingizni, bilim va salohiyatinigizni mamlakatimiz kelajagi uchun sarflaysiz, yurtimiz bayrog’ini yanada yuqorilarga ko’tarasiz. Biz universitet jamoasi Sizlar bilan doim fahrlanamiz.

Angren Universiteti rektori professor Sh.A.Mutalov