RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMAN
2026-yil 24-aprel kuni Angren universitetida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 16-yanvardagi 11-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida “Raqamli transformatsiya sharoitida zamonaviy ta’lim: muammolar, innovatsion yechimlar va sun’iy intellektning yangi imkoniyatlari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani yuqori saviyada tashkil etildi.
Mazkur anjuman ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar, raqamli transformatsiya jarayonlari hamda sun’iy intellekt texnologiyalarining ta’limdagi o‘rni va ahamiyatini keng muhokama qilishga qaratildi.
Anjumanda respublikamizning nufuzli oliy ta’lim muassasalari vakillari hamda yetakchi olimlar ishtirok etib, dolzarb mavzularda ilmiy ma’ruzalar bilan chiqish qildilar. Xususan:
O‘zbekiston Davlat jahon tillari universiteti professori, filologiya fanlari doktori Raximov Ganisher Xudaykulovich
Toshkent Oriyental universiteti professori, iqtisod fanlari doktori Begalov Bahodir Abdusalomovich
O‘zbekiston Respublikasi harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti dotsenti, texnika fanlari doktori, mayor Tajiyev Janibek Adamboyevich
Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti professori, pedagogika fanlari nomzodi Jumayev Mamanazar
Chirchiq davlat pedagogika universiteti professori, pedagogika fanlari doktori Matjonov Safo
Angren universiteti professori, filologiya fanlari doktori Yormatov I.T.
Angren universiteti “Umumdavolash” kafedrasi shifokor-pedagogi Khan Abdul Wadood
Angren universiteti magistranti Mamayusupova N.U.
Shuningdek, anjumanda 400 ga yaqin ishtirokchilar, ya’ni professor-o‘qituvchilar, ilmiy izlanuvchilar, magistrlar, talabalar hamda umumta’lim maktablari va texnikum o‘qituvchilari faol ishtirok etdilar.
Anjuman doirasida 6 ta sho‘ba faoliyati tashkil etilib, quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha muhokamalar olib borildi:
zamonaviy ta’lim muammolari va ularning yechimlari
sun’iy intellekt va raqamli ta’lim texnologiyalari
globallashuv sharoitida ijtimoiy-gumanitar fanlarning o‘rni
til va ta’lim integratsiyasi masalalari
raqamli iqtisodiyotning innovatsion modellari
tibbiy ta’limda zamonaviy pedagogik yondashuvlar
Muhokamalar davomida ta’lim tizimini raqamlashtirish, innovatsion pedagogik texnologiyalarni joriy etish hamda sun’iy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalanish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.
Anjuman yakunida ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, o‘quv jarayonini modernizatsiya qilish hamda zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etishga qaratilgan muhim ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.