Xotira abadiy.
Xotirang abadiy inson doimo,
Mangusan, yonasan yulduzlar aro.
Sening qadriyating yôqolmas aslo,
Sening xotirangga bitilgan góyo.
Xotirang abadiy inson doimo,
Qiynalmoqda qalblar shahidlar uchun.
Sening xotirangga baĝishlab bugun,
She'rimni bityapman sening qadring chun.
Xotirang abadiy inson doimo,
Xar ótgan shahidga xaykal qóysak kam.
Xotirang mangudir, mangudir inson,
Gar jism-u joningga jahon kuysa kam.
Xotirang abadiy inson doimo,
Ótganlar yodini unutib bólmas.
Tarixni bugunga boğlab turgan sóz,
"Xotira yóq bólsa, kelajak bólmas".
Qosimova Shodiyona