Bahor keldi
Do‘stim bahor keldi, ketdi nolalar,
Endi bargin sochar qirda lolalar.
Atrof nurga to‘lar, ochilar gullar
Ko'chalarda o‘ynar shodon bolalar.
Asli har bir fasl Allox ne‘mati
Albatta qishning ham bordur hikmati .
Fasllar ichida qish bo‘lmasa gar,
Bahorning qadrini bilmasdik magar.
Bizlar nechun sevdik bahor faslini
Chunki bahor ochar zamin aslini.
Daraxtni uyg‘otar, uyg‘otar gulni
Qadami yetsa gar gullatar cho'lni.
Shu go'zal faslning qadrin bilaylik,
Yur do‘stim, qirlarda lola teraylik.
Dunyo tashvishlarin bir chetga surib,
Robbim ne‘matidan bahra olaylik.
Do‘stim bahor keldi, ketdi nolalar,
Endi bargin sochar qirda lolalar.
Atrof nurga to‘lar, ochilar gullar
Ko'chalarda o‘ynar shodon bolalar.