Angren Universiteti "Pedagogika va tillar" fakulteti talabalari universitet rektori Sh. Mutalov, Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor R.Najimadinov, fakultet dekani Z.Burxanov hamda kafedra mudiri F.Qurbonovlar ishtirokida "Yashil makon" umummilliy loyihasida Yoshlar bog‘ida universitet uchun biriktirilgan hududga manzarali ko‘chatlar ekishdi.