"Yashil Makon" – Kelajakka Investitsiya! 

Angren Universitetining Davolash ishi fakulteti jamoasi universitetning birinchi prorektori Najimaddinov Ravshan Dushanbayevich boshchiligida "Yashil makon" umummilliy loyihasida faol istirok etdilar!

Universitetning birinchi prorektori boshchiligida o‘qituvchilar va talabalar birgalikda fakultetimizga biriktirilgan hududda manzarali daraxt ko‘chatlarini ekishdilar. Bu nafaqat hududimizni obodonlashtirish, balki kelajak avlodlar uchun musaffo va yashil muhit yaratishga qo‘shgan katta hissadir.

Har bir ko‘chat – tabiatga bo‘lgan hurmatimiz, kelajakka bo‘lgan ishonchimiz ramzi! Universitetimizda jamoaviy mehnat va yashil kelajak uchun sa’y-harakatlar davom etadi