“Yashil Makon” tashabbusi doirasida amaliy ishlar
Angren universiteti Konchilik ishi yo‘nalishi talabalari tashabbuskorlik bilan “Yashil Makon” umumxalq loyihasida faol ishtirok etdilar. Tadbir Angren universiteti rektori Sh. Mutalov boshchiligida o‘tkazildi.
Talabalar loyihada ishtirok etish jarayonida universitet binosi atrofiga ko‘chatlar ekib, hududni obodonlashtirishga munosib hissa qo‘shdilar. Mazkur tashabbus ekologik muhitni yaxshilash, yashil maydonlarni kengaytirish va tabiatga mehr uyg‘otish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.