14 mart — Pi soni kuni!

Angren universiteti Matematika -25-1 guruhi talabalari tomonidan Pi soni kuni munosabati bilan qiziqarli va mazmunli tadbir tashkil etildi.

Pi soni (π ≈ 3.14) matematika­da eng mashhur va sirli doimiy sonlardan biridir. U aylananing uzunligi bilan diametri nisbati­ga teng bo‘lib, ilm-fan va texnika­da juda muhim ahamiyatga ega.

Tadbir davomida talabalar Pi soni tarixi va qiziqarli faktlarni o‘rganishdi, matematik viktorinalarda ishtirok etishdi, intellektual o‘yinlarda fikrlash qobiliyatini rivojlantirishdi va qiziqarli misol hamda topshiriqlarni yechishdi.

Bunday tadbirlar yoshlar­da matematik tafakkurni rivojlantirish, ijodiy fikrlashni kuchaytirish va fan­ga bo‘lgan muhabbatni oshirishga xizmat qiladi.

Matematika — bu nafaqat hisob-kitob, balki dunyoni tushunish kalitidir!