14-yanvar — "Vatan himoyachilari kuni"  munosabati bilan yoshlar va mutaxassislar o‘rtasida bilim, mantiqiy tafakkur hamda jamoaviy hamjihatlikni rivojlantirish maqsadida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.

Mazkur tadbirda umumta’lim maktablari o‘quvchilari, Ichki ishlar tizimi xodimlari, Texnikum talabalari hamda universitet talabalari faol ishtirok etdilar.

Ishtirokchilar turli yo‘nalishlardagi savollar orqali o‘z bilim darajasi, tezkor fikrlash qobiliyati va jamoa bilan ishlash ko‘nikmalarini namoyon etdilar.

Musobaqa do‘stona, bir vaqtning o‘zida raqobatbardosh ruhda o‘tdi.

Tadbir ishtirokchilarning intellektual salohiyatini oshirish, turli soha vakillari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik va muloqotni mustahkamlashga xizmat qildi.

Yakunda faol ishtirok etgan jamoalar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.