2025–2026-o‘quv yili yakunlari bo‘yicha universitetda Ilmiy kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda o‘quv yili davomida amalga oshirilgan o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy hamda xalqaro hamkorlik yo‘nalishlaridagi ishlar sarhisob qilindi. Professor-o‘qituvchilar va talabalarning erishgan yutuqlari, ilmiy faoliyat natijalari hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokama etildi.
Shuningdek, fakultetlar va tarkibiy bo‘linmalar rahbarlarining hisobotlari tinglanib, 2026–2027-o‘quv yilida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Yig‘ilish yakunida 2025–2026-o‘quv yili davomida universitet rivoji, ta’lim sifati va ilmiy salohiyatini oshirish yo‘lida samarali faoliyat olib borgan professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Taqdirlash marosimi universitet jamoasining fidokorona mehnatini e’tirof etish, kelgusidagi faoliyat uchun rag‘batlantirish hamda yangi marralar sari ilhomlantirishga xizmat qildi.