2026-yil 12-may kuni “Yangi O‘zbekiston talabalari Olimpiadasi” kompleks sport musobaqalarining 2-bosqichi doirasida Toshkent viloyati oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘rtasida stol tennisi sport turi bo‘yicha musobaqalar O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida yuqori saviyada tashkil etildi.


 Mazkur musobaqada Toshkent viloyatidagi 8 ta oliy ta’lim tashkiloti jamoalari tarkibida sportga qiziqishi yuqori bo‘lgan iqtidorli talaba-yoshlar ishtirok etib, o‘zaro kuch sinashdilar.


🏓 Natijalar bilan tanishing:


🏓 Erkaklar o‘rtasidagi yakkalik bahslarida:

🥇— Chirchiq davlat pedagogika universiteti

🥈— Angren universiteti

🥉— International School of Finance Technology and Science (ISFTS)


🏓 Ayollar o‘rtasidagi yakkalik bahslarida:

🥇— Chirchiq davlat pedagogika universiteti

🥈— Tibbiyot akademiyasi Chirchiq filiali

🥉— Belarus-O‘zbekiston tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar instituti


🏓 Miks bahslarida:

🥇— Chirchiq davlat pedagogika universiteti

🥈— Tibbiyot akademiyasi Chirchiq filiali

🥉— Angren universiteti



Mazkur musobaqa talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish, iqtidorli sportchilarni saralab olish hamda talabalar o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni mustahkamlashga xizmat qildi.