2026-yil 6-aprel kuni Angren universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” 1-sonli qarori ijrosi yuzasidan oʻrganish olib borildi.
Oʻrganish davomida Angren universiteti yoshlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ularning darsdan boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish va profilaktik ishlarini borishi hamda fakultet tyutorlari, Yoshlar ittifoqi, Qalqon jamoalari faoliyati, toʻgaraklar, sport zallari, kutubxona va talabalar turar joylaridagi sharoitlari koʻrib chiqildi.
Shuningdek, uchrashuv davomida yoshlarga xuquqbuzarliklar, ularni oldini olish profilaktikasi va ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishlari hamda xuquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan maqsadli vazifalarni amalga oshirilishida xuquq tartibot organlari bilan oʻzaro xamkorliklarni kuchaytirish yuzasidan tegishli tavfsiyalar berildi.