30-iyun – Yoshlar kuni🇺🇿
Sizlarni 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz.
Yurtimiz taraqqiyoti, ilm-fan, innovatsiya va bunyodkorlik yo'lidagi har bir yutug'ingiz Vatanimiz ravnaqiga qo'shilayotgan munosib hissadir.
Sizlarga mustahkam sog'lik, cheksiz g'ayrat, ulkan marralar, yangi g'oyalar va barcha ezgu maqsadlaringiz ro'yobga chiqishini tilaymiz.
Kelajagimizni bilim, intilish va fidoyilik bilan yanada porloq etadigan siz aziz yoshlar doimo yuksak marralarni zabt etishingizga tilakdoshmiz.
Yoshlar kuni muborak bo'lsin!