Angren universiteti talabalar turar joyida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi!
Talabalarning yashash sharoitlarini yaxshilash, o‘qish va dam olish jarayonlarini yanada samarali tashkil etish maqsadida TTJda ochiq muloqot tashkil etildi.
Uchrashuvda birinchi prorektor R.D. Najimadinov hamda Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi J.T. Kamolov lar talabalar bilan muloqot olib borishdi.
Muloqot davomida talabalar o‘z fikr va takliflarini bildirishdi, savollariga javob olishdi.
Suhbat samimiy muhitda o‘tib, talabalarning tashabbuslari qo‘llab-quvvatlandi va mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.