“Amaliyot natijalari va mehr-muhabbatga boy hamkorlik” nomli tadbir ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.

Tadbir avvalida amaliyot taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Unda talabalarga amaliyot davomida berilgan topshiriqlarning bajarilishi yuzasidan hisobot taqdim etildi. Shundan so‘ng hisobotga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir davom etdi.

Tadbir davomida dilbar raqslar, ta’sirchan she’rlar, ona va farzand o‘rtasidagi savol-javob so‘rovnomalari hamda onalarga bag‘ishlangan videoroliklar namoyish etildi.

Mazkur tadbirni MT-24-1 guruhi talabalari hamda guruh rahbari, “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi katta o‘qituvchisi N.Sh. Gaziyeva tashkil etdi.

Tadbirda Angren universiteti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i A.K. Ismailov so‘zga chiqib, onalarning farzand ta’lim-tarbiyasiga mas’uliyat bilan yondashayotgani hamda universitet bilan samarali hamkorligi uchun tashakkurnomalar topshirdi.

Shuningdek, tadbirda "Pedagogika va tillar" fakulteti dekani Z.Burxonov, “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi mudiri F.B. Kurbonov, kafedra dotsentlari H. Qurolova, E. Usmonov, O. Xakimov hamda kafedra o‘qituvchilari D.A. Xolboyeva, M.A. Giyasova, D.Sh. Isabekova, N. Xadjimatova, M.F. Kurbanova, L.E. Izatullayevalar faxriy mehmon sifatida ishtirok etdilar.

Tadbir samimiy muhit, mehr-muhabbat va ustoz-ota-ona hamkorligi ruhida o‘tdi.