AMALIYOT SAMARALI TASHKIL ETILMOQDA

 Angren universiteti “Pedagogika va tillar” fakulteti “Maktabgacha ta’lim” yo‘nalishi MT-24-1-guruh talabalari 16-DMTTda amaliyotni samarali tashkil etmoqda. Jarayon davomida ular berilgan topshiriqlar asosida tashkilot faoliyati bilan yaqindan tanishib, hujjatlar bilan ishlash, ta’lim-tarbiya jarayonini kuzatish va tahlil qilish ko‘nikmalarini egallamoqdalar.

 Talabalar ochiq va sinov mashg‘ulotlari orqali nazariy bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlab, kasbiy mahoratini oshirmoqda. Amaliyot “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi katta o‘qituvchisi, amaliyot rahbari Gaziyeva Nigora Shamsiddinovna tomonidan metodik ko‘rsatma asosida nazorat qilinmoqda.

 Universitet va maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘rtasidagi samarali hamkorlik natijasida barcha shart-sharoitlar yaratilgan bo‘lib, topshiriqlar sifatli bajarilmoqda. Bu esa bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy kompetensiyalarini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.