ANGREN SHAHAR IIB BINOSI MUZEYIGA TALABALAR TASHRIFI TASHKIL ETILDI
Vazirlikning 2026-yil 1-maydagi 173-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida, talabalar uchun Angren shahar IIB binosi muzeyiga tashrif tashkil etildi.
Tashrif davomida talabalarga huquqbuzarliklarning oldini olish, yoshlar o‘rtasida huquqiy madaniyatni oshirish, jamoat xavfsizligini ta’minlash hamda ichki ishlar organlari faoliyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek:
IIBning navbatchilik qismi faoliyati;
tezkor xizmatlar ish jarayoni;
profilaktika inspektorlari faoliyati;
zamonaviy kuzatuv va xavfsizlik tizimlari bilan yaqindan tanishtirildi.
Tashrif davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldilar.
Mazkur tadbir yoshlarda vatanparvarlik, qonunga hurmat va fuqarolik mas’uliyatini shakllantirishga xizmat qildi