Angren shahrida “Uch avlod uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi


 Davlatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Angren shahrida keng ko‘lamli ma’naviy-ma’rifiy va madaniy-badiiy tadbirlar tashkil etilmoqda.


 Shu munosabat bilan Angren shahar hokimligi, Respublika “Nuroniy” jamg‘armasi shahar bo‘limi, Oila va xotin-qizlar bo‘limi, Yoshlar ishlari agentligi shahar bo‘limi hamda Madaniyat bo‘limi hamkorligida “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri o‘tkazildi.


 Tadbir Angren shahrining tog‘li hududida, tabiati go‘zal Lashkerak mahallasida tashkil etildi.


Mazkur tadbirda Angren universiteti rektori Sh. Mutalov ham ishtirok etib, yurtimiz taraqqiyotida avlodlar davomiyligi, milliy qadriyatlarni asrash, yoshlarni Vatanga sadoqat va yuksak ma’naviyat ruhida tarbiyalash masalalari xususida o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.


 Uchrashuv davomida faxriylar, o‘rta avlod vakillari va yoshlar o‘rtasida samimiy muloqot bo‘lib o‘tdi. Tadbir ishtirokchilariga madaniy dastur namoyish etilib, yurtimiz tinchligi, xalqimiz birdamligi va avlodlar o‘rtasidagi hamjihatlikni mustahkamlashga qaratilgan chiqishlar namoyish etildi.