Angren universiteti davolash ishi yo'nalishi talabalari uchun madaniy sayohat!
Davolash ishi fakulteti o‘qituvchisi Ibragimova Feruza Farhadovna tashabbusi bilan DI-23/17 guruhi talabalari uchun poytaxtimiz Toshkent shahridagi Botir Zokirov ko‘chasida joylashgan Art galereyaga sayohat tashkil etildi.
Sayohat davomida talabalar san’at olamining betakror asarlari bilan tanishib, estetik did va dunyoqarashlarini yanada kengaytirdilar.