Angren universiteti delegatsiyasining ilmiy tashrifi 

   Angren universiteti rahbariyati va ‘’Davolash ishi‘’ fakulteti Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazida bo‘ldi.

  Tashrifning bosh maqsadi — 2025–2026 o‘quv yilidan boshlab universitet talabalari uchun sud-tibbiyot fanidan amaliy mashg‘ulotlarni yo‘lga qo‘yish, talabalarda zarur ko‘nikmalarni shakllantirish hamda o‘quv jarayoniga ilg‘or ilmiy-uslubiy tajribalarni joriy etishdan iborat.

   Suhbat davomida Markaz direktori Sh.I. Ro‘ziyev hamda Angren universiteti rektori Sh.Mutalov  tomonidan sud-tibbiyot sohasi bo‘yicha malakali mutaxassislarni tayyorlash, ularning ilmiy izlanishlarini qo‘llab-quvvatlash hamda iqtidorli yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish masalalari muhokama qilindi.

   Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro kelishuvlarga erishib, ikki muassasa o‘rtasida uzoq muddatli hamkorlik memorandumi imzolandi.