ANGREN UNIVERSITETI ILMIY HAMKORLIKNI KENGAYTIRMOQDA

2025-yil 21–25-oktyabr kunlari Angren universiteti Pedagogika va tillar fakulteti huzuridagi “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi professor-o‘qituvchilari Turkiyaning Alaniya shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada muvaffaqiyatli ishtirok etdilar.

 O‘qituvchilar o‘z ilmiy ma’ruzalari bilan qatnashib, xorijiy olimlar bilan samarali tajriba almashdilar hamda ta’lim va fan sohasida yangi xalqaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish yuzasidan muzokaralar olib bordilar.

 Ushbu tashrif kafedra va fakultet professor-o‘qituvchilarining xalqaro ilmiy faolligini oshirish, ilg‘or xorijiy tajribalarni ta’lim jarayoniga joriy etishda muhim ahamiyat kasb etadi.