Angren universiteti Iqtisodiyot va huquq fakulteti talaba qizlari o‘rtasida universitet ichki odob-axloq qoidalari va kiyinish, muomala madaniyatini shakllantirish bo‘yicha umumiy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘limi boshlig‘i Ismailov A'zam Kuldashevich ishtirokchilarga murojaat qilib, hayotiy misollar asosida kerakli tavsiyalarni berdi. U o‘z nutqi davomida talabalar mas’uliyati, kiyinish odobi va muomala mezonlari xaqida alohida to‘xtalib o‘tdi.
Tadbirda Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Qurbonova Mahtuma Fazliddinovna, Iqtisodiyot va huquq fakulteti tyutori Mavlanova Ra’no Shamsutdinovna, universitet psixologi Izatullayeva Lazokat Eshimbayevnalar qatnashib, talaba qizlarning xulq-atvori, tashqi ko‘rinishi va madaniy saviyasini oshirishga doir fikrlarini bildirib o‘tishdi.
Mazkur yig‘ilish universitetda talaba qizlar o‘rtasida muomala madaniyati, odob-axloq, mas’uliyat va ijtimoiy faollikni yanada kuchaytirishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv sifatida tashkil etildi.
Ushbu tadbir Gumanitar va ijtimoiy fanlar kafedrasi o‘qituvchilari Kunisheva Nodira hamda Normo‘minova Nasibalar tomonidan tashkil etildi.