Angren universiteti rektori hamda Angren shahar IIB boshlig‘ining Yoshlar kuni doirasida talaba-yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 24-fevral kuni hurmatli Prezidentimiz yoshlar bilan uchrashuvida mamlakatimizda har haftaning payshanba kuni vazirlik, idora va hokimliklarda “Yoshlar kuni” bo‘lishini e’lon qilgan edi.
Ushbu topshiriq ijrosi yuzasidan Angren universiteti talabalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Angren universiteti rektori Mutalov Shuxrat Axmadjanovich, Angren shahar IIB boshlig‘i podpolkovnik Mirxodjayev Azimjon Mirxosilovich hamda Angren shahar IIB katta inspektor-psixologi, kapitan Yusupov Alimardon Tog‘ayevich ishtirok etdilar.
Uchrashuv davomida giyohvandlikning oldini olish, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikni kamaytirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, onlayn kartalardan pul yechib olish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari, internet orqali sodir etilayotgan jinoyatlar haqida ham batafsil tushuntirish ishlari olib borildi.
Tadbir ochiq va samimiy muloqot tarzida o‘tib, talaba-yoshlarning savollariga atroflicha javob berildi.