Angren universiteti rektori
Mutalov Shuxrat Ahmadjanovichning
Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan ochiq muloqoti bo‘yicha munosabati
2026-yil 24-fevral kuni Prezidentimiz tomonidan o‘tkazilgan ochiq muloqot yoshlar siyosatini yangi mazmun bilan boyitdi. Muloqotda ilgari surilgan vazifalar yoshlarning ta’limi, bandligi, tashabbuslari va raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan aniq yo‘nalishlarni belgilab berdi. Bu yondashuv yoshlarni nafaqat qo‘llab-quvvatlash, balki ularni mamlakat taraqqiyotining faol kuchi sifatida ko‘rishga xizmat qiladi.
Angren universiteti ushbu chaqiriqni amaliy ishlar orqali qo‘llab-quvvatlaydi. Ta’lim jarayonini real sektor ehtiyojlariga moslashtirish, amaliyotga yo‘naltirilgan o‘qitishni kuchaytirish, yoshlar startaplarini qo‘llash, korxonalar bilan hamkorlikni kengaytirish – bular universitetimiz oldidagi ustuvor vazifalardir. Talabalarimizning mehnat bozoriga tez va samarali integratsiyasi uchun zarur infratuzilma, hamkorlik va qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari bosqichma-bosqich kengaytirilmoqda.
Prezident tomonidan bildirgan ishonch va mas’uliyat bizni yoshlar bilan doimiy muloqotni kuchaytirishga undaydi. Universitet yoshlarning har bir tashabbusini qadrlaydi, ularning intilishlarini rivojlanish yo‘nalishiga aylantirishni asosiy vazifa sifatida belgilaydi. Angren universiteti yoshlar uchun ochiq, imkoniyatlarga boy, natijaga yo‘naltirilgan ta’lim muhitini yaratishda izchil faoliyat yuritadi.