Angren universiteti rektori, professor Sh.A.Mutalov hamda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor R.D.Najimadinov talabalar turar joyiga tashrif buyurishdi. 

Tashrif davomida talabalar bilan bevosita suhbat olib borilib, talabalarning yashash sharoitlari va kundalik muammolari o‘rganildi.

Shuningdek, jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha “Mening inspektorim” mobil ilovasiga talabalarning a’zo bo‘lganligi, qishki yakuniy nazorat natijalari, talabalar turar joyidagi issiqlik tizimi holati hamda uchrayotgan muammolarni hal etish bo‘yicha talabalar bilan ochiq suhbat o‘tkazildi.