Angren universiteti rektori Qo‘qon universitetidagi yig‘ilishda ishtirok etmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar bilan ishlash bo‘yicha ilgari surgan tashabbuslari ijrosini ta’minlash maqsadida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tashkil etilgan navbatdagi Hay’at yig‘ilishi Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida o‘tkazilmoqda.
Angren universiteti rektori ushbu muhim yig‘ilishda bevosita ishtirok etib, kun tartibidagi vazifalar yuzasidan belgilangan topshiriqlarning bajarilishi borasida fikr almashmoqda.
Yig‘ilishda yoshlar bilan ishlash tizimini kuchaytirish, oliy ta’lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish va yangi tashabbuslarni amaliyotga yo‘naltirish masalalari ko‘rib chiqilmoqda.