Angren universiteti rektori Sh.A. Mutalovning 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tabrigi.

 Tabiat chiroy ochib borayotgan mana shu bahor kunlarida aziz onalarimizni, ayollarimizni, opa-singillarimizni, hamkasblarimizni va barcha ayol-qiz talabalarimizni Xotin-qizlar bayrami bilan samimiy tabriklaymiz.

 Sir emaski, ayol zotining tengsiz latofat va nafosat sohibasi ekanligi, ezgulik va fidoyilik ramzi, xonadonlarimizning farishtasi ekanligini qalbimizning tub-tubidan his etamiz.

Baxtimizga hamisha omon bo‘lib, doim yaqinlaringizning e’tiborida bo‘lib yuring, aziz ayollar!

Shuhrat Mutalov