Angren universiteti talabalari amaliyotda

Angren universiteti Iqtisodiyot va huquq fakultetining Konchilik ishi yo‘nalishi 2-bosqich talabalari fakultet dekani I. Sohibov tashabbusi bilan, mutaxassislik fanlari o‘qituvchisi M. Ergashev boshchiligida olingan nazariy bilimlarni amaliyotda mustahkamlash maqsadida Angren ko‘mir koniga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida talabalar ko‘mir konining bugungi kundagi ish faoliyati, zamonaviy texnika va texnologiyalardan foydalanish jarayonlari, shuningdek, ishlab chiqarishning asosiy bosqichlari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

 Mutaxassislar tomonidan ularga ko‘mir qazib olish jarayoni, xavfsizlik qoidalari, mehnatni muhofaza qilish choralari hamda korxonaning iqtisodiy ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shu bilan birga, talabalar konda amalga oshirilayotgan geologik izlanishlar, qazib olish usullari va transportirovka jarayonlari bilan ham tanishib, o‘zlarining nazariy bilimlarini amaliyot bilan bog‘lash imkoniga ega bo‘lishdi.