Angren universiteti talabalari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda “Mirzo Ulug‘bek vorislari” markazi hamkorligida o‘tkazilgan seminar doirasida Angren universiteti talabalari bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

Uchrashuv davomida talabalarning zamonaviy texnologiyalar, raqamli savodxonlik, IT sohasidagi imkoniyatlar va kasb tanlashga oid savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi. Muloqot erkin ruhda, savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi hamda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan mavzular yuzasidan fikr almashdilar.