Angren universiteti talabalari Birinchi rezinotexnika zavodiga"Ochiq eshiklar kuni" ga tashrif buyurishdi.
Birinchi rezinotexnika zavodi'da "Ochiq eshiklar kuni" bo'lib o'tdi. Tadbirda Angren universitetining logistika va moliya yo'nalishi talabalari ishtirok etishdi.
🔹 Tadbir BRZ faoliyati haqidagi taqdimot bilan boshlandi, unda talabalar zavod tarixi, uning rivojlanish bosqichlari, ishlab chiqarish jarayonlari, mehnat sharoitlari va yosh mutaxassislar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida bilib oldilar.
🔹 Keyin talabalar ishlab chiqarish ustaxonalariga ekskursiya uyushtrishdi. Ishtirokchilar shinalar ishlab chiqarish jarayoni, mahsulot assortimenti, zamonaviy jihozlar va haqiqiy ishlab chiqarish muhiti bilan tanishdilar.Â
Korxonada mehnatni muhofaza qilish qoidalari va qat'iy rioya qilingan standartlarga alohida e'tibor qaratildi.
🔹 Tadbirning muhim voqealaridan biri — zavod bosh direktori Gulomjon Ibragimov bilan uchrashuv bo‘ldi. Uchrashuv davomida direktor talabalarga korxona faoliyati va o‘z mehnat faoliyati haqida to‘liq hamda batafsil ma’lumot berdi.