Angren universiteti talabalari Yaponiyada
Xabaringiz bor, Angren universiteti Davolash ishi fakulteti talabalari Yaponiyaning Okinawa shtatidagi markaziy ko‘ptarmoqli shifoxonada amaliyot o‘tashmoqda. Amaliy mashg‘ulotlardan bo‘sh vaqtlarida esa ular nafaqat tibbiy bilimlarini boyitishmoqda, balki Yaponiyaning boy tarixi va madaniyatini ham yaqindan o‘rganmoqdalar.
Talabalar yaqinda Yaponiyaning mashhur tarixiy obidalaridan biri — Shuri Castleni ziyorat qildilar.
Ushbu qadimiy inshoot o‘zining boy merosi, samuray davrining madaniy ruhi va o‘ziga xos me’morchiligi bilan sayyohlarni hayratda qoldiradi.
Angren universiteti talabalari uchun bunday imkoniyatlar — nafaqat kasbiy mahoratni oshirish, balki dunyoqarashni kengaytirish, yangi tajribalar va unutilmas taassurotlarni qo‘lga kiritish demakdir.