Angren universiteti talabalarining katta yutug‘i! 

Angren universiteti talabalari Nufuzli Davlat stipendiyasiga sazovor bo‘lishdi!

Jumladan:

Angren universiteti “Pedagogika va tillar” fakulteti, CHT-11 guruhi talabasi Abdumalikova Saidabonu Xayrulla qizi bakalavriat bosqichi uchun ta’sis etilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohibasi bo‘ldi

Angren universiteti “Pedagogika va tillar” fakulteti CHT-11 guruhi talabasi Ashurova Diloro Tuxtasunzoda bakalavriat bosqichi talabalari uchun ta’sis etilgan Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi sohibasi bo‘ldi.

Bu e’tiroflar talabalarimizning ilmiy izlanishlari, o‘qishdagi yuqori ko‘rsatkichlari va faolligining amaliy natijasidir.

Talabalarimizni va ularning oila a’zolarini ushbu ulkan muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz.

Kelgusi o‘qish va kasbiy faoliyatlarida yanada yuqori natijalarni kutib qolamiz.

Angren universiteti jamoasi sizlar bilan faxrlanadi!