Angren universiteti UMUMMILLIY SO'ROVNOMAda faol ishtirok etishga chorlaydi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tomonidan respublika miqyosida oliy ta’lim muassasalari talabalari hamda professor-o‘qituvchilarini qamrab olgan umummilliy so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.

Umummilliy soʻrovnoma talabalarning oʻqish sharoitlari, oliygohdagi muhit hamda ta’lim jarayonida raqamlashtirish darajasini baholash va yanada takomillashtirishga xizmat qiladi. 

Unutmang, har bir bildirilgan fikr ta’lim sifatini oshirish, muammolarni aniqlash va samarali yechimlar ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Talabalar barcha tengdoshlarini soʻrovnomada faol qatnashib, ta’lim sifati uchun oʻz munosabatini bildirishga chorlaydi.


Video rolikni quyidagi havola orqali Telegram kanalida ko‘rishingiz mumkin.