Angren universiteti va "Angren Nogironlar Assotsiatsiyasi" o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi


 Memorandumning asosiy maqsadi nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va manfaatlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning ta'lim olishi, ijtimoiy hayotdagi faolligini oshirish hamda inklyuziv ta'lim muhitini yanada rivojlantirishdan iborat.


 Hamkorlik doirasida:


inklyuziv ta'limni rivojlantirish;

 tajriba almashish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish;

 madaniy, sport va ma'rifiy tadbirlarni birgalikda tashkil etish;

 nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulay infratuzilmani rivojlantirish;

davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikni kengaytirish rejalashtirilgan.

 Mazkur memorandum tomonlar o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish hamda inklyuziv jamiyatni rivojlantirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.