Angren universiteti tomonidan beriladigan diplom rasmiy kuchga egami? Mazkur diplom Oʻzbekiston Respublikasida tan olinadimi


 Ha, albatta.


 Angren universiteti Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi asosida tashkil etilgan nodavlat oliy taʼlim muassasasi bo‘lib, taʼlim faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan berilgan rasmiy litsenziyalar asosida amalga oshiradi.


 Universitetga dastlab 2022-yil 30-dekabr kuni №056518-sonli litsenziya berilgan.


 Keyinchalik, taʼlim sohasidagi litsenziyalarni elektron reyestr orqali yuritish tizimiga oʻtilishi munosabati bilan 2024-yil 15-avgust kuni litsenziya №356076-son bilan qayta rasmiylashtirilgan.


 Bu esa universitet faoliyati davlat tomonidan belgilangan tartibda yuritilayotganini va amaldagi qonunchilik talablariga toʻliq javob berishini tasdiqlaydi.