Angren universiteti “Yashil makon” kuzgi aksiyasida ishtirok etdi🌿
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi hamda YUNESKO tashkil topganligining 80 yilligiga bag‘ishlab, yurtimiz bo‘ylab keng ko‘lamli “Yashil makon — kuzgi obodonlashtirish mavsumi” boshlandi.
Ushbu ezgu tashabbus doirasida Angren universiteti rahbariyati, professor-o‘qituvchilari, xodimlari va talabalari atrof-muhitni yanada go‘zal va yashil maskanga aylantirish yo‘lida faol ishtirok etishdi.
Ma’lumki, Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan “Yashil makon” umummilliy loyihasini 2025–2030 yillarda izchil amalga oshirish bo‘yicha qarorga muvofiq, bu yil mamlakat miqyosida 80 ming tup daraxt va buta ko‘chatlari ekish rejalashtirilgan.