Angren Universiteti Yoshlar Ittifoqi a'zolari va Angren shaxar Ichki Ishlar Bo‘limi xodimlari 6-umumta'lim maktabida targ‘ibot tadbirida ishtirok etishdi.
Angren universiteti Yoshlar Ittifoqi jamoasi Angren shahridagi 6-maktab o‘quvchilari bilan uchrashuv o‘tkazib, giyohvandlikning zararli oqibatlari bo‘yicha keng qamrovli targ‘ibot ishlarini amalga oshirishdi.
Tadbirda Ichki ishlar bo‘limi xodimlari ham ishtirok etib, giyohvandlik, jinoyatchilikning oldini olish va profilaktika masalalari bo‘yicha o‘quvchilarga muhim ma’lumotlar berdi.
Shuningdek, o‘quvchilarga “Drug Dealer” filmi namoyish etilib, giyohvandlikning xavf-xatarlari va oqibatlari yanada keng yoritib berildi. Film yoshlar ongida hushyorlik va ogohlikni oshirishga xizmat qildi.
Tadbirning asosiy maqsadlari:
Yoshlarni zararli illatlardan himoya qilish
Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish
Jamiyatda ogohlik va mas’uliyatni kuchaytirish
Yoshlar — kelajagimiz poydevori!