Angren universiteti Yoshlar ittifoqi BT yetakchisi Kamolov Javohir — Respublika o‘quv-seminari ishtirokchisi!

 Angren universiteti boshlang‘ich tashkilot yoshlar yetakchisi Kamolov Javohir O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi va Yoshlar ishlari agentligi tomonidan oliy ta’lim muassasalari yetakchilari uchun tashkil etilgan maxsus o‘quv-seminarda faol ishtirok etdi.

Seminarning asosiy maqsadi:

Talaba-yoshlar bilan ishlashning yangi strategiyalarini o‘rganish

OTMlarda yoshlar siyosatini yangi bosqichga olib chiqish

Yetakchilar o‘rtasida tajriba almashish va hamkorlikni mustahkamlash

“Ushbu seminar biz uchun nafaqat bilim, balki yangi loyihalar maydoni bo‘ldi.

Angren universiteti talabalari uchun tez orada bir qancha qiziqarli va foydali loyihalarni boshlashni rejalashtirganmiz!” — deydi Kamolov Javohir.