Angren universiteti yotoqxonasida navbatdagi ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi

Angren universitetida talabalar bilan ishlash, ularning muammolarini joyida tinglash va sharoitlarni yaxshilashga qaratilgan uchrashuvlar davom etmoqda. Yotoqxonada o‘tkazilgan bugungi muloqotda:

Shaxnoza Sadieva — Angren universiteti direktori

A’zam Ismailov — Yoshlar masalalari va ma’naviyat - ma’rifat ishlar bo‘lim boshlig‘i

Qurbonova Maxtuma  — Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslaxatchisi.

talabalar bilan bevosita suhbatlashib, ularning fikr va takliflarini tingladilar.

Uchrashuv davomida yashash sharoitlari, tartib-intizom, gigiyena, xavfsizlik, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish va o‘quv jarayoniga oid savollar muhokama qilindi. Talabalar bildirgan takliflar asosida aniq chora-tadbirlar belgilandi.

Mas’ullar yoshlar bilan ishlashda ochiqlik va e’tibor doimo ustuvor ekanini ta’kidladilar. Talabalar esa bunday uchrashuvlar ularning muammolarini tezkor hal etishga xizmat qilayotganini bildirdilar.

Muloqot samimiy, ochiq va konstruktiv ruhda o‘tdi.