Angren universitetida 2025/2026-o‘quv yili bitiruvchilari uchun Yakuniy Davlat Attestatsiyasi jarayonlari qizg‘in davom etmoqda.
Bitiruvchi talabalar o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha egallagan bilim, malaka va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazib, yakuniy bosqichlarda faol ishtirok etmoqdalar.
Shu bilan birga, bakalavriat yo‘nalishlari bo‘yicha Bitiruv Malakaviy Ishlari hamda magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha magistrlik dissertatsiyalari himoyalari ham belgilangan jadval asosida o'tkazilmoqda.
Universitet rahbariyati tomonidan attestatsiya jarayonlarining sifatli va tartibli tashkil etilishiga alohida e’tibor qaratilib, bitiruvchilar uchun zarur sharoitlar yaratilgan.
Kelajak sari dadil qadam tashlayotgan barcha bitiruvchilarga sinovlarda muvaffaqiyat, faoliyatlarida esa ulkan yutuqlar tilaymiz.