Angren universitetida 2025/2026-o‘quv yili bitiruvchilari uchun Yakuniy Davlat Attestatsiyasi jarayonlari muvaffaqiyatli bolib oʻtmoqda.
Yakuniy davlat attestatsiya jarayonlari universitet rahbariyati tomonidan ochib berilib, bitiruvchilarga omad va muvaffaqiyatlar tilanmoqda.
Imtihon jarayonlari zamonaviy axborot tizimlari asosida, shaffof va adolatli tarzda tashkil etilgan. Talabalar o‘z bilim va ko‘nikmalarini kompyuterda test topshirish orqali namoyish etmoqdalar.
Shuningdek, universitetda bitiruvchi talabalarning Bitiruv Malakaviy Ishlari himoyasi hamda magistratura talabalarining magistrlik dissertatsiyalari himoyalari ham belgilangan jadval asosida davom etmoqda.
Yuqori natijalarga erishayotgan barcha bitiruvchilarga kelgusi faoliyatlarida ulkan zafarlar tilaymiz.
Attestatsiya jarayonlarining shaffof va adolatli tashkil etilish uchun professor-o‘qituvchilar, komissiya a’zolari hamda mas’ul xodimlar jalb etilgan.