Angren universitetida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Bugun Angren universitetida faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilar hamda xodima ayollar 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan samimiy tabriklar bilan kutib olindi.
Bayram tadbiri davomida ularning ta’lim tizimidagi fidokorona mehnati va jamiyat rivojiga qo‘shayotgan hissasi alohida e’tirof etilib, bayramona muhitda gullar hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
Erta tongdan barcha ayollarga bayram kayfiyati ulashildi.