Angren universitetida Alisher Navoiy tavalludining 585-yilligiga bag'ishlangan tadbirining 2-qismi bo'lib o'tdi.

 Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 585-yilligi munosabati bilan 2026-yil 9-fevral kuni Angren universitetida o‘zbek filologiyasi yo‘nalishi 1- va 2-bosqich talabalari ishtirokida tadbir bo‘lib o‘tdi.

 Tadbirni Angren universiteti rektori – Sh. A. Mutalov ochib berdi.

Tadbirda filologiya fanlari doktori, professor I. Yormatov va navoiyshunos olim, filologiya fanlari nomzodi, dotsent I. Nosirov Alisher Navoiy hayoti va ijodiga oid yangi ma’lumotlarni taqdim etdilar. 

Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor – R. Najimadinov, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘limi boshlig‘i – A. Ismoilov, til va uni o‘qitish kafedrasi mudiri – F. Eshboyeva ham o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdilar.

Talabalar Alisher Navoiyning g‘azal va ruboiylarini ijro etib, tadbirga badiiy ruh bag‘ishladilar. Ayniqsa, “Navoiy va Guli” sahna ko‘rinishi ishtirokchilar tomonidan iliq kutib olindi.

 Kuy-qo‘shiqlar va raqslar tadbirga ko‘tarinki kayfiyat bag'ishladi.