ANGREN UNIVERSITETIDA AMALIY MASHG‘ULOT O‘TKAZILDI
Angren universitetining Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi MT 25-2 guruh talabalari tomonidan “Rivojlantiruvchi markazlarni tashkil etish” fanidan “Markazlarda faoliyatlarni tashkil etish” mavzusida amaliy mashg‘ulot mazmunli va qiziqarli tarzda tashkil etildi.
Mashg‘ulot davomida talabalar maktabgacha ta’lim tashkilotlarida rivojlantiruvchi markazlar faoliyatini samarali tashkil etish, tarbiyalanuvchilarning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olgan holda turli faoliyatlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha o‘z bilim va ko‘nikmalarini namoyish etdilar.
Jarayonda markazlarda olib boriladigan didaktik o‘yinlar, ijodiy faoliyatlar, mantiqiy topshiriqlar hamda jamoaviy ishlash usullari amaliy tarzda ko‘rsatib berildi.
Talabalar tomonidan tashkil etilgan faoliyatlar tarbiyalanuvchilarning ijodiy fikrlashi, muloqot madaniyati, mustaqil qaror qabul qilish qobiliyati hamda jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli bo‘ldi.
Mashg‘ulot yakunida o‘qituvchi D. Isabekova rivojlantiruvchi markazlarda o‘quv jarayonini samarali tashkil etishda innovatsion yondashuvlardan foydalanish muhim ekanligini ta’kidlab o‘tdilar.