Angren universitetida bitiruvchilar bandligini ta’minlash va ularni ishga joylashtirish masalasini ko‘rib chiqish bo‘yicha majlis bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Toshkent viloyati hokimligi vakili, Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi DXSh bosh mutaxassisi, Angren shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i, shuningdek Angren universiteti rahbariyati va professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.

Suhbatning asosiy yo‘nalishi bitiruvchilarni ishga joylashtirish va ularning bandligini ta’minlashga qaratildi.

Tomonlar o‘rtasida mavjud ehtiyojlar, bo‘sh ish o‘rinlari hamda hamkorlik mexanizmlari muhokama qilindi.

Uchrashuv bitiruvchilarni mahalliy ta’lim muassasalariga yo‘naltirish bo‘yicha amaliy takliflar bilan yakunlandi.

Mazkur uchrashuv doirasida bitiruvchilar uchun ish yarmarkasini o‘tkazish belgilab olindi.